Iqtisodiyot | 19:00 / 16.11.2023
19203
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

1 ta tijorat bankining ayrim operatsiyalariga cheklov o‘rnatildi. 1 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasi 10 kunga to‘xtatib qo‘yildi. Shuningdek, 5 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkiloti ogohlantirildi.

Foto: Kun.uz

Bank nazorati qo‘mitasining oktyabr oyida 9 ta yig‘ilishi o‘tkazilgan va 31 ta masala ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha 12 ta masala muhokama qilingan. Xususan, banklar va to‘lov tashkilotlarining ustav fondining hajmiga qo‘yilgan talabning bajarilishi, Markaziy bankning prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga doir masalalar tahlil etilgan.

“Markaziy bank ko‘rsatmalariga amal qilmaganligi va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamaganligi sababli 1 ta tijorat bankiga ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga cheklov o‘rnatildi, 1 ta to‘lov tashkiloti litsenziyasining amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatildi hamda 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklar uchun chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tijorat banklarining joylardagi filiallarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid