O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Ashxobodda uchrashdi
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobod shahrida Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Ashxobod shahrida Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida har sohada jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari 8 noyabr kuni Toshkentda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
12:10 / 23.10.2024