O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Abat Fayzullayev Italiya prezidenti Serjio Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tantanali marosim Italiya prezidentining Rim shahridagi rasmiy qarorgohi – «Kvirinale» saroyida bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Serjio Mattarella joriy yilning 9-11 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yodga oldi va tashrif unda unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida strategik muloqotni ilgari surishning yuksak ahamiyati tasdiqlandi, O‘zbekiston va Italiyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi istiqbollaridan samarali foydalanishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida Italiya prezidenti O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi hamda u ziyorat qilgan Samarqand va Xiva shaharlaridagi qadimiy obidalar jozibasini alohida qayd etdi.
Abat Fayzullayev joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U 2020-2023 yillarda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Vengriyada o‘rindoshlik asosida elchi bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida, O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.
Abat Fayzullayev 2018-2023 yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:08 / 15.11.2024
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024