Ayrim transport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig‘im stavkalarini belgilash rejalashtirilmoqda
Bunda, yuk ko‘tarish quvvatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda yig‘im undirilishi nazarda tutilmoqda.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Deputatlar «2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqmoqda.
Deputatlar muhokamalarda budjet daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Yashirin iqtisodiy faoliyatni mumkin qadar qisqartirish, tadbirkorlarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, shu orqali soliq bazasini kengaytirish, vazirlik va idoralarga ajratilishi ko‘zda tutilgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag‘lar natijadorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab taklif va tavsiyalar batafsil o‘rganilganligi, ularning aksariyati loyihada aks etgani deputatlar tomonidan e’tirof etildi.
Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig‘im stavkalarini belgilash ko‘zda tutilgan.
Bunda, yuk ko‘tarish quvvatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda yig‘im undirilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
08:21 / 31.05.2024
2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari keldi
07:50 / 24.05.2024
O‘zbekiston Turkmaniston bilan yuk tashuvlari hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
11:12 / 23.05.2024
Ayrim qadoqlash materiallari va tovarlarga ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin
10:36 / 21.03.2024