Toshkentda avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan fuqaroni urib yubordi
Olmazor tumanida yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan erkakni avtobus urib yubordi, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
20 noyabr kuni Toshkent shahrida 82-sonli avtobus va fuqaro ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, soat 17:37 larda «8-avtobus saroyi» filialiga qarashli 82-sonli Yutong CNG avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaroni urib yuborgan.
Holat avtobus Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida sodir bo‘lgan.
47 yoshli erkak avtobusning o‘ng tomon o‘rta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Yo‘l-transport hodisasi poytaxt YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024
Toshkentdagi avtobusga noma’lum shaxslar salon ayol va erkaklar uchun ajratilgani haqidagi posterni yopishtirib ketdi
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024