AQSh: «Vagner» havo mudofaa tizimini «Hizbulloh» yoki Eronga bermoqchi bo‘lgan
«Vagnerchilar» Rossiya hukumatidan Eron yoki «Hizbulloh» harakatiga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan, dedi Oq uy vakili.
Rossiya hukumati, AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga havo hujumidan mudofaa tizimlarini Livanning «Hizbulloh» harakati yoki Eronga topshirishni buyurgan. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi 21 noyabr, seshanba kuni jurnalistlarga: «Biz olgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, «vagnerchilar» Rossiya hukumati ko‘rsatmasi bilan «Hizbulloh» yoki Eronga havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkazib berishga tayyorlanayotgan edi», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harbiy sohada «misli ko‘rilmagan» Rossiya-Eron hamkorligi doirasida sodir bo‘lgan. «Terrorizmga qarshi turish uchun biz ta’minotni beqarorlashtirishga aloqador bo‘lgan rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiya vositalarimizdan foydalanishga tayyormiz», dedi Kirbi. U Qo‘shma Shtatlar «Vagner» «Hizbulloh» yoki Eronga harbiy texnika yetkazib berishi bo‘yicha masalani diqqat bilan kuzatib borishiga va’da berdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tehron «bu yordam evaziga Rossiyaga Ukrainada foydalanish uchun ballistik raketalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda». Moskva bu haqda izoh taqdim etmadi.
Noyabr oyi boshida The Wall Street Journal ham AQSh razvedkasiga tayanib, «Vagner» «Pansir S-1» zenit-raketa tizimini «Hizbulloh» harakatiga topshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Ushbu xabarni sharhlar ekan, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «de-fakto» «Vagner» mavjud emasligini aytdi, shuning uchun bunday mulohazalar «hech narsaga asoslanmagan».
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi ziddiyat kuchayishidan xavotirlar
AQSh mudofaa vazirining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Dana Strul 9 noyabr kuni Rossiya zenit-raketa tizimlarining «Hizbulloh»ga berilishi Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi mojaro «katta keskinlashuviga» olib kelishini aytdi. «Bu Isroil xavfsizligiga juda katta zarar keltiradi, ayniqsa biz ikkinchi front ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun juda ko‘p harakat qilayotgan bir paytda», dedi u Kongressdagi eshituvlarda.
«Hizbulloh» falastinliklar bilan yaqin hamkorlik qiladi. Qo‘shma Shtatlar «Hizbulloh» va boshqa eronparast kuchlarni 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumidan keyin keskin avj olgan qurolli mojaroga aralashuv oqibatlari haqida bir necha bor ogohlantirgan.
Mavzuga oid
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
20:27 / 03.11.2024
Isroil «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi qo‘lga olinganini e’lon qildi
21:21 / 30.10.2024