Jamiyat | 14:59 / 22.11.2023
30998
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchrab, ag‘darilib ketdi

Oqdaryo tumanida avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan, 17 yo‘lovchi jarohat olgan.

Foto: IIB matbuot xizmati

2023 yil 22 noyabr kuni soat 11:50 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 30-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning xabar berishicha, yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning beton to‘sig‘iga urilib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

YTH oqibatida avtobusda bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi vafot etgan, 17 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid