Litva Ukrainaga qishki harbiy yordam paketini topshirdi
Litva Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, yangi paketga o‘q-dorilar, masofadan turib portlatish tizimlari va qishki jihozlar kiradi. Shu tariqa, Vilnyus «Ukrainaning eng muhim ehtiyojlari va ustuvorliklariga» reaksiya bildirdi.
Litva hukumati Rossiyaga qarshi turish uchun Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini topshirdi. Vilnyusdagi Mudofaa vazirligi 22 noyabr, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, u 7,62x51 mm kalibrli 3 million o‘q, masofadan turib portlatish tizimlari va qishki jihozlarni o‘z ichiga olgan.
Anushauskas: Vilnyus Ukrainaning asosiy ehtiyojlariga reaksiya bildirdi
Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas: «Ukrainaga yordam berish majburiyatimizga sobit bo‘lib qolamiz», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyus yangi yordam paketini shakllantirib, «Ukrainaning eng muhim ehtiyojlari va ustuvorliklariga» reaksiya bildiryapti. «Qishki og‘ir sharoitlarda o‘q-dorilar, masofadan portlatish tizimlari va jihozlar bilan ta’minlash orqali biz Ukrainaning Rossiyaga qarshiligini sezilarli darajada kuchaytirmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi Anushauskas.
Litva Mudofaa vazirligi 17 noyabr kuni Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Oy boshida Vilnyus Kiyevga NASAMS o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit-raketa tizimlari uchun ikkita uchirish qurilmasini yetkazib berdi.
Litva Ukrainaning eng qat’iy tarafdorlari va donorlaridan biridir. Boltiqbo‘yi mamlakati Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy harakatlari boshlanganidan beri Vilnyus Ukrainaga yarim milliard yevrolik harbiy yordam o‘tkazgan.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024