O‘zbekiston | 14:57 / 23.11.2023
6911
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi

Magnituda - 3,5, zilzila episentri - Qumqo‘rg‘on tumani.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,46 gradus shimoliy kenglik; 67,73 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 442 km janubi-g‘arbda.

Bugun, 23 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida soat 04:28 da ham zilzila sodir bo‘lgandi.

3,4 magnitudali zilzila episentri Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan.

Mavzuga oid