Xitoyda bolalar orasida pnevmoniyaga chalinish keskin ko‘paydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan sirli respirator kasallik epidemiyasi haqida ma’lumot berishni so‘radi.
Xitoyda yangi respirator virus tarqalib, bolalarni ommaviy ravishda qamrab oldi. Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy matbuotda ota-onalar va bolalar bilan to‘lib ketgan shifoxonalar haqidagi videolar ko‘payib ketgan.
23 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy shimolida bolalar orasida noma’lum pnevmoniya o‘choqlari haqida xabar berdi. Qayd qilinishicha, bir-biridan 500 mil uzoqlikda joylashgan Pekin va Liaoning shaharlaridagi bolalar shifoxonalari «bemorlar bilan to‘lib ketgan».
«Ko‘plab bolalar shifxonaga yotqizildi. Ularda yo‘tal yo‘q, ammo yuqori harorat (isitma) va o‘pkada tugunlar kuzatilmoqda», deb mahalliy fuqaro so‘zlarini keltirdi agentlik.
JSST Xitoyga bolalarda qayd etilgan epidemiya bo‘yicha laboratoriya natijalari haqida rasmiy so‘rov yuborgan. JSST Xitoydan profilaktika choralarini ko‘rishni, jumladan emlash, niqob kiyish, masofani saqlash, kasal bo‘lganda uyda qolish va muntazam ravishda qo‘l yuvishni tavsiya qilmoqda.
Xitoy rasmiylari kasallik ko‘payishini ob-havoning sovib ketishi, shuningdek, COVID-19 bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi va ma’lum patogenlarning tarqalishi bilan bog‘lamoqda.
2023 yil may oyida JSST koronavirusning pandemiya holatini bekor qilgan edi. Tashkilot xabariga ko‘ra, koronavirus gripp va boshqa respirator virusli infeksiyalar bilan bir qatorda mavsumiy kasallikka aylangan.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024