Sport | 10:54 / 24.11.2023
29515
2 daqiqa o‘qiladi

Afruza Hamdamova – O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni

Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova qizlar o‘rtasida mamlakatimiz tarixidagi ilk chempionga aylandi.

Italiyada bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14-16-18 yosh toifasidagi eng yaxshi shaxmatchilar ishtirok etmoqda. 92 davlatdan jami 766 nafar shaxmatchi yigit-qizlar ishtirok etayotgan musobaqada o‘zbekistonlik 3 nafar shaxmatchi O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan 10-turda Samarqand shaxmat maktabi tarbiyalanuvchisi Afruza Hamdamova (2199) Anna Shukmanga (2263) qarshi bahs olib borib, muhim g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi muddatdan avval jahon chempioniga aylandi. U ochkolar bo‘yicha unga yetib olishi mumkin bo‘lgan yagona ta’qibchisi — qozog‘istonlik shaxmatchini o‘zaro o‘yinda mag‘lub etgan. Turnir reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi.

Ma’lumot uchun, shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Egamberdiyeva mos ravishda yosh toifalarida jahonning vitse-chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid