O‘zbekiston | 08:56 / 24.11.2023
4805
3 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz Xorazm viloyatida tarmoq qamrovini kengaytirmoqda

Foto: Mobiuz

Joriy yilda Mobiuz Xorazmda 160 dan ortiq tayanch stansiyalarini efirga uladi. Shu kunlarda yana 52 ta tayanch stansiyasini ishga tushirish ishlari yakunlanmoqda.

Mobiuz mobil operatori hatto eng chekka hududlarni ham to‘rtinchi avlod tarmoqlari asosidagi yuqori sifatli internet va xizmatlar bilan ta’minlashni maqsad qilgan. Tayanch stansiyalarini keng ko‘lamli qurilishi va modernizatsiya qilinishi, VoLTE va ViLTE xizmatlari joriy etilgani va faol rivojlanayotgani bunga yorqin misoldir.

Operatorning Xorazm viloyatidagi texnik jamoasi yil davomida tarmoqlar qamrovni yanada yaxshilash va sig‘imini oshirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislarining sa’y-harakatlari nafaqat xorazmliklarning, balki mintaqaning ko‘plab mehmonlarining yuqori sifatli aloqa va internetga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan.

Xorazm minglab xorijiy va mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan kelgan mahalliy sayyohlar uchun asosiy sayyohlik maskanlaridan biridir. Qadimiy yodgorliklarning ko‘pligi tufayli viloyatni hatto "Ming qal’ali afsonaviy o‘lka" deb ham atashadi.

Joriy yilning yanvar oyidan boshlab Mobiuz Xorazm viloyatida 160 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Ulardan 100 ga yaqin tayanch stansiyasi mutlaqo yangi joylarni qamrab oldi.

Hususan, Xiva tumanida 21 ta, Yangibozor tumanida 18 ta, Xonqa tumanida 12 ta, Urganch tumanida 11 ta stansiya muvaffaqiyatli efirga uzatildi. Urganch shahrida, Qushko‘pir, Shovot, Yangiariq, Bog‘ot, Xazorasp tumanlarida ham kompaniyaning yangi aloqa obektlari paydo bo‘ldi.

Shu kunlarda viloyatning Qushko‘pir, Yangiariq, Urganch va boshqa tumanlar bo‘yicha 52 ta tayanch stansiyalariga radiorele uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Tez orada ham ular ishga tushishi kutilmoqda.

Mobiuz amaldagi tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Urganch, Xiva, Xonqa, Yangibozor, Yangiariq, To‘prakqal’a va boshqa tumanlarda jami 60 dan ko‘proq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi. LTE 800, LTE 2100, LTE 2600 va boshqa standartlarni kiritish orqali tarmoq qamrovining kengayishi hamda mobil internet tezligining oshishi ta’minlandi.

Hali bu hammasi emas. Viloyatdagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi texnik bo‘limi jamoasi joriy yil yakuniga qadar erishilgan muvaffaqiyatlarni sezilarli darajada mustahkamlashni maqsad qilgan. Buning uchun barcha zarur imkoniyatlar mavjud.

Mobiuz mobil operatori boshqa hududlarda amalga oshirayotgan ishlari bilan pr.mobi.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid