O‘zbekiston | 09:21 / 25.11.2023
5154
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi xodimlari Qatar National Cement kompaniyasi bosh ijrochi direktori Essa Kaldari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston prezidentining shu yil 1-2 oktyabr kunlari Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi va mazkur kompaniya rahbariyatining mamlakatga safari davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Qatar National Cement kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida yiliga 130 ming tonna qurilish ohagi va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish hisobiga 1,2 million tonna yuqori markali sement hamda shisha mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shuningdek, «Arjun Investment» kompaniyasi bilan Angrenda yiliga 110 ming tonna boyitilgan kaolin ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Muzokaralar yakunida Qatar National Cement kompaniyasi tomonidan yil yakuniga qadar mazkur loyihalar bo‘yicha barcha o‘rganish ishlarini yakunlash va 2024 yil yanvar oyida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid