O‘zbekiston | 11:43 / 05.12.2023
38699
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta oxirida havo keskin sovishi kutilmoqda

Ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 9–14 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo prognozi haqida ma’lumot berdi. Shu kunlarda mamlakat hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 

9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va cho‘l hududlarida, 11 dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12−14 dekabr kunlari kechasi −10...−13 daraja, kunduzi −5...−8 darajagacha; shimolda kechasi −17...−20 daraja, kunduzi −9...−12 darajagacha pasayadi.

Bundan avvalroq, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblari asosida Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9−10 dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11−12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid