O‘zbekiston | 10:16 / 08.12.2023
4153
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ukraina turizm sohasida hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Ukraina turizm sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun o‘zaro muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchisi Alisher Qurmanov Ukraina davlat turizmni rivojlantirish agentligi raisi Mariana Oleskiv bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mariana Oleskiv 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasida Ukraina delegatsiya rahbari sifati ishtirok etganini ta’kidladi.

«Hech, shubha yo‘qki, Samarqandda tashkil etilgan UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasidan so‘ng barcha ishtirokchilar mamlakatingizga sayohat qilishni o‘z rejalariga kiritdi, – dedi u. – Ushbu xalqaro tadbirning barcha ishtirokchilari mamlakat boy madaniy-tarixiy merosi, O‘zbekistonning qadimiy Buyuk ipak yo‘lida savdo markazi sifatida tutgan muhim o‘rni, shuningdek, buyuk o‘zbek olimlarining ulkan merosi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi».

Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida bir qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun o‘zaro muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid