O‘zbekistonning barcha hududlarida AGTKSlar faoliyati cheklandi
Havo sovishi munosabati bilan, butun respublika bo‘ylab metan-shoxobchalar soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlashga o‘tdi. Energetika vazirligi buning uchun uzr so‘radi va aholini vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkor bo‘lishga chaqirdi.
O‘zbekistonda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab oshdi, bu esa aholi iste’molining ko‘payishiga va gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
Vazirlikka ko‘ra, 7–16 dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12 dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti.
“Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Vazirlik iste’molchilardan noqulaylik uchun uzr so‘rab, aholini vaziyat barqarorlashgungacha tejamkorlikka rioya qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
07:40 / 07.10.2024
"Zapravka"da gaz mavjudligini kuzatish bo‘yicha mobil ilova ishga tushiriladi
10:46 / 09.07.2024
Andijon, Farg‘ona va Surxondaryoda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
16:48 / 06.07.2024
577 so‘mdan 998 so‘mgacha - IESlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi qancha?
14:04 / 03.07.2024