Baxtiyor Saidov Annalena Berbok bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Skope shahrida ikki tomonlama hamkorlikning keng qamrovli kun tartibini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyaga tashrifi davomida GFR tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi.
«Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashishdan mamnunmiz», - deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining keng qamrovli kun tartibi muhokama qilingan, oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.
May oyi boshida Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat TIV rahbarlari O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edi. Muzokaralar oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya sammiti arafasida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
11:10 / 05.11.2024
Berbok: GFR Ukrainaga qishki yordam uchun yana 200 mln yevro o‘tkazadi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
09:30 / 05.10.2024