O‘zbekiston va Shvetsiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishni rejalashtiryapti
Stokholm shahrida O‘zbekiston-Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Stokholm shahrida O‘zbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari Oybek Shaxavdinov boshchilik qildi. Shvetsiya tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Piter Erikson ishtirok etdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar siyosiy muloqotni, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, umumiy kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish tarafdori ekanligini bildirdi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki tomonlama hamkorlikning tegishli mexanizmlarini yaratish orqali ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni institutsionallashtirish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va O‘zbekistondan Shvetsiyaga eksportni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohada aloqalarni kengaytirish hamda fan va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvni faollashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Yevropa Ittifoqi doirasidagi o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi
22:05 / 05.10.2024