O‘zbekiston | 14:20 / 14.12.2023
3698
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Islom banki O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishi mumkin

O‘zbekiston TIV rahbari va Qatar Islom banki ijrochi direktori investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida Qatar Islom banki ijrochi direktori Bassel Gamal bilan uchrashdi.

«Qatar Islom banki ijrochi direktori janob Bassel Gamal bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Muzokaralar kun tartibidan investitsiya loyihalarini ilgari surish, bilim almashinuvini tashkil etish, zamonaviy bank va moliya xizmatlarini rivojlantirish o‘rin oldi.

Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma vositalarni joriy etish masalalari muhokama qilingan.

Mavzuga oid