O‘zbekiston | 11:39 / 14.12.2023
3016
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya O‘zbekiston bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Onkologiya, nevrologiya, diabet, genetik va respirator kasalliklar bo‘yicha milliy kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Foto: Dunyo AA

TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Stokgolm shahrida Shvetsiyaning AstraZeneca AB kompaniyasi vakillari bilan respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muzokara jarayonida respublikada ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan dori vositalarining sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, onkologiya, nevrologiya, diabet, genetik va respirator kasalliklar bo‘yicha milliy kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid