O‘zbekiston | 18:58 / 14.12.2023
15121
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi

Opasi bog‘chadan olib qaytayotganda bola yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytda uni yuk mashinasi urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2023 yil 4 dekabr kuni M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Boysun tumani Chilonzor mahallasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Tumandagi 45-maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizcha 4 yoshli ukasini bog‘chadan olib qaytayotganda yo‘lning belgilanmagan joyidan, beton to‘siq ustidan o‘tkazib qo‘ygan.

Bola opasini kutmasdan yo‘lning qatnov qismidan yugurib o‘tgan. Shu vaqtda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi bolani urib yuborgan. Oqibatda bola vafot etgan.

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan ikkita YTHda 4 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid