Samarqandda yosh bola kaltaklandi
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan va hozirda tuman IIB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoda bola o‘z otasi qo‘li bilan urganini aytib bergan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur zo‘ravonlik Samarqand viloyati Urgut tumanida yuz bergan. Hozirda tuman IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yosh bolaga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
«Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qat’i nazar qonunan javob berishi ta’minlanadi», deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024