O‘zbekiston | 11:38 / 18.12.2023
36787
3 daqiqa o‘qiladi

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tarila boshlaydi 

O‘zbekiston bo‘yicha 18-22 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida havo +8...+13 darajagacha ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

Ertaga, 19 dekabr kuni nam va nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Respublika janubida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

20-22 dekabr kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 20 dekabr, chorshanba kuni respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.

19-21 dekabr kunlari davrida havo harorati kechalari -0...-5 darajagacha, shimolda -5...-10 darajagacha, kunduz kunlari +2...+7 darajagacha pasayadi, bu ushbu davr uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga pastdir.

22 dekabrdan harorat ko‘tarila boshlaydi, kunduz kunlari havo +7...+9 darajagacha yetadi. Havoning ilishi keyingi dam olish kunlarida ham davom etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. 18-19 dekabr kunlari ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +9...+11 daraja bo‘ladi.

Ertaga, 19 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

20-22 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari asosan -2...+1 daraja, kunduzi 20 dekabrda +3...+5 daraja bo‘ladi, 21-22 dekabrda +7...+9 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mavzuga oid