Parijda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
Parijda O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 14-davrasi bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov, Fransiya tomoniga TIVning Kontinental Yevropa departamenti direktori Bris Rokfey boshchilik qildi.
Tadbirda oliy darajada erishilgan kelishuv bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar, xususan, siyosiy muloqotni faollashtirish va ularni amaliy mazmun bilan to‘ldirish, parlamentlararo aloqalar, o‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak aloqalar jadvali masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga fransuz sarmoyasi va texnologiyalarini jalb etish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Fransiyaga eksportini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar, xususan, ta’lim, madaniy meros va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy maslahatlashuvlarning o‘n beshinchi raundini 2024 yilda Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024