Surxondaryoda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan ayol jarimaga tortildi
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketgan ayolning xatti-harakatlari kuzatuv kameralariga qayd etilgan
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketgan ayolga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Surishtiruvlar natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzarning shaxsi aniqlangan. So‘ng holat yuzasidan unga nisbatan MJtKning 91-Prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ayol bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Ma’lumot uchun, dastlab Termizda 10 ta hududda onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgandi. Yaqinda esa yana 15 ta shunday kameralar olib kelingan. Bu kuzatuv kameralari nafaqat noqonuniy joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni tezkorlik bilan aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etishga va tegishli choralarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi.
Avvalroq, Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi uloqtirib ketgan haydovchi aniqlanib, unga chora ko‘rilgandi.
Mavzuga oid
20:01
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
14:38 / 30.10.2024
Italiyada farrosh ayol 50 ming yevrolik pul va taqinchoqlar solingan eski to‘shakni chiqindiga tashlab yubordi
11:46 / 30.10.2024
1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?
12:10 / 29.10.2024