Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi
Bu olmos importini taqiqlashni va Rossiyaga «sezgir» tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni cheklashni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi hukumati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan unga qarshi iqtisodiy sanksiyalarning 12-paketini qabul qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Rossiyadagi delegatsiyasi xabar berdi.
Yangi sanksiyalar paketi Rossiyadan olmos olib kirish, sotib olish va olib o‘tishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu chora 2024 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyaning nosanoat tabiiy va sintetik olmoslari, shuningdek, olmos taqinchoqlariga nisbatan qo‘llaniladi.
2024 yilning 1 martidan 1 sentabrigacha Yevropa Ittifoqi uchinchi mamlakatlarda qayta ishlangan Rossiya olmoslarini import qilishni ham bosqichma-bosqich taqiqlaydi.
Yevropa Ittifoqi eksportchilari ayniqsa «sezgir tovar va texnologiyalar»ning Rossiyaga reeksport qilinishini uchinchi davlatlarga shartnoma asosida taqiqlashi kerak bo‘ladi, hamkor davlatlar bundan mustasno.
Boshqa narsalar qatorida, Yevropa Ittifoqi taqiqlangan tovarlar va shaxsiy cheklovlar kiritilgan shaxslar ro‘yxatini kengaytiradi, Rossiyaga «katta daromad» olib keladigan tovarlarni kirishiga taqiq joriy qiladi va allaqachon kiritilgan sanksiyalarning bajarilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi choralarni ko‘radi.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalari va kiyim-kechak kabi shaxsiy buyumlarni, shuningdek, diplomatik raqamlarga ega avtomobillarni olib kirishdagi cheklovlarga bir qator istisnolar kiritadi. YeI davlatlari Rossiyada yashovchi Yevropa Ittifoqi fuqarolarining avtomobillarini sotish uchun mo‘ljallanmagan va faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan holda kirishiga ruxsat berishi mumkin.
Sanksiyalar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024