O‘zbekiston | 12:29 / 22.12.2023
4883
1 daqiqa o‘qiladi

8 ta tibbiyot OTMni xalqaro top-1000 talikka kiritish rejalashtirilmoqda

«Aholi salomatligi - 2030» milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori loyiha muhokama uchun e’lon qilindi. 

Loyihaga ko‘ra:

  • Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) standartlarini barcha 11 ta oliy tibbiy ta’lim va 74 ta tibbiy texnikumlarda joriy etish;
  • xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan (akkreditatsiyadan o‘tgan) professional va oliy tibbiy ta’lim dasturlarini 10 foizdan 50 foizga yetkazish;
  • tibbiyot xodimlarini malaka oshirish o‘quv jarayoni bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 25 foizdan 50 foizga yetkazish;
  • 8 ta oliy tibbiy ta’lim muassasalarining xalqaro e’tirof etilgan top mingtalikka kiritilishiga erishish;
  • 10 ta ilmiy amaliy tibbiyot markazlardagi ilmiy tadqiqot laboratoriyalarni xalqaro GLP yoki GSP akkreditatsiyalaridan o‘tkazish;
  • ilmiy tashkilotlardagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari ulushini 20 foizdan 37 foizga, fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini 100 foizga yetkazish;
  • ilmiy xodimlar salohiyatini 25 foizdan 46 foizga yetkazish;
  • Hirsh indeksi 8 dan yuqori bo‘lgan olimlar ulushini 18 dan 36 foizga yetkazish taklif etilmoqda.

Mavzuga oid