O‘zbekiston | 11:28 / 22.12.2023
10894
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatining 5 tumanidagi iste’molchilar elektr ta’minotidan qisman uzildi

Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Beshariq va Furqat tumanlaridagi iste’molchilar elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

Farg‘ona viloyatidagi 110 kV kuchlanishli «L-Charxiy-2» va «L-Chilmahram» elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Beshariq hamda Furqat tumanlaridagi iste’molchilar (6000 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur nosozliklar «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari» AJning maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilayotgani aytiladi.

Kecha, 21 dekabr kuni vodiy viloyatlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgandi.

Mavzuga oid