O‘zbekiston | 21:31 / 25.12.2023
5686
1 daqiqa o‘qiladi

Naslchilik sub’yektlari uchun soliq imtiyozi uzaytirildi 

Imtiyozlar 2025 yil 1 yanvarga qadar qo‘llanadi. 

Foto: agroinspeksiya.uz

«Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, naslchilik sub’yektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Mavzuga oid