O‘zbekiston | 10:00 / 26.12.2023
17019
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” 2024 yildan boshlab O‘zbekiston sug‘urta bozorida birinchi bo‘lib anderrayting (sug‘urta qaltisliklarini baholash) jarayoniga sun’iy intellektni joriy qilmoqda

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi “GlowByte” xalqaro IT tashkiloti hamkorligida 2024 yildan boshlab O‘zbekiston sug‘urta bozorida birinchi bo‘lib real vaqt rejimida mavjud ma’lumotlardan foydalangan holda qaror chiqarish imkoniyatini beruvchi (ML) sug‘urtalashdan avval innovatsion tekshirish tizimini (Talys.SDE) ishga tushirmoqda. Dasturiy ta’minot Data Sapience ko‘magida ishlab chiqilgan.

Foto: O‘zbekinvest

GlowByte sug‘urta amaliyoti rahbari Yevgeniy Chernoburovning so‘zlariga ko‘ra, yaratilayotgan tizim kelgusida skoring, avtomatlashtirilgan holda individual tariflarni hisoblash, qarorlar qabul qilish hamda sug‘urta shartnomasini tuzish bosqichidagi ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash imkonini beradi. Bu kabi loyiha O‘zbekistonda, xususan, respublika sug‘urta kompaniyalari ichida birinchi bo‘ladi.

Qarorlarni qabul qilish axborot tizimi bu — barcha mavjud ma’lumot manbalari (jarimalar, kredit tarixi, yosh, haydovchilik tajribasi, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik va boshqalar)ga ulanish, serverlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun olish hamda olingan ma’lumotlar asosida bir zumda tahlil amalga oshirish xavf-xatar darajasini hisoblashdir.

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi sun’iy intellekt modellari yordamida potensial muammoli mijozlarni aniqlaydi va shunga mos ravishda sug‘urta qaltisliklarini yanada oqilona boshqaradi. Sun’iy intellektdan foydalanish anderrayting jarayonida, kompaniyaning umumiy mijozlar bazasidagi 87 foiz ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi.

Loyihani amalga oshirishda 20 terrabaytdan ortiq sig‘imga ega bo‘lgan korporativ ma’lumotlar bazasini yaratishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u nafaqat kompaniya uchun ishonchli axborotlarning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini oshiradi hamda aniq va ishonchli ma’lumotlarga asoslangan biznesni boshqarish imkonini beradi.

Anderrayting jarayoniga sun’iy intellektning joriy qilinishi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining to‘liq raqamli transformatsiyasi yo‘lidagi navbatdagi eng muhim qadami hisoblanib, barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Shuningdek, uning bozordagi yetakchilik mavqeyini mustahkamlash bilan birga, O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirish uchun texnologik platforma yaratishga turtki beradi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube

“O‘zbekinvest” EISK matbuot xizmati

Mavzuga oid