Ukrainalik erkaklar yangi safarbarlik qonuni tufayli mulklarini yaqinlariga o‘tkazmoqda - OAV
Ular ko‘char va ko‘chmas mulklarini xotini, onasi yoki yaqin qarindoshlari nomiga rasmiylashtirmoqda.
Safarbarlik va harbiy ro‘yxatga olish masalalarini takomillashtirish bo‘yicha yangi qonun loyihasi e’lon qilingach, ukrainalik erkaklar ommaviy ravishda notariuslarga murojaat qila boshladi. Bu haqda ukrainalik jurnalist Yegor Checheringa tayanib, UNIAN xabar berdi.
«Tegishli qonun loyihasi ro‘yxatga olinganiga bir yarim kun bo‘ldi. Ukrainalik «jasur» erkaklar esa notariuslarga navbatga turmoqda. Mintaqaviy safarbarlik markazlariga emas, aynan notariuslarga» deb yozdi jurnalist.
Ta’kidlanishicha, yangi qonun loyihasi safarbarlikdan bo‘yin tovlagan shaxslarga ko‘char va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq har qanday operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlaydi. Shu sababli, ukrainalik erkaklar ommaviy ravishda ko‘char va ko‘chmas mulklari, kvartiralar, avtomobillar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklarini xotini, onasi yoki yaqin qarindoshlari nomiga rasmiylashtirmoqda.
«Zamonamizning qayg‘uli haqiqati. O‘z armiyasida xizmat qilishni istamaganlar dushman qo‘shinida xizmat qiladi. Vaqtinchalik bosib olingan Melitopol, Donetsk, Lugansk yoki Novaya Kaxovkadagi voqealar shundan dalolat bermoqda», deb yozdi jurnalist.
25 dekabr kuni Ukraina Vazirlar Mahkamasi Oliy Radaga safarbarlik va harbiy ro‘yxatga olishni takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi, unda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlar uchun qat’iy cheklovlar mavjud.
Jumladan, chet elga chiqishni taqiqlash, ko‘char va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni taqiqlash, haydovchilik guvohnomasini olish va shaxsiy avtomashinani boshqarishni taqiqlash, o‘z mablag‘lari va boshqa boyliklaridan foydalanish huquqini cheklash kabilar bor.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024