Rossiya sobiq deputatni xalqaro qidiruvga berdi
Anastasiya Bryuxanova olti oy oldin Rossiyada federal qidiruvga berilgan edi. Endi Rossiya hukumati Davlat dumasi deputatligiga sobiq nomzodni xalqaro darajada qidirmoqda.
Moskvaning Shchukino tumani sobiq munitsipal deputati, Rossiya armiyasi haqida «feyklar» tarqatishda ayblangan Davlat dumasi deputatligiga sobiq nomzod Anastasiya Bryuxanova xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda 28 dekabr, payshanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, TASS xabar qildi.
Anastasiya Bryuxanovaga qarshi jinoiy ish uning 2023 yil aprelida YouTube’da The New York Times gazetasining Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida tinch aholini o‘ldirishda rossiyalik harbiylar ishtiroki haqidagi surishtiruvi yuzasidan e’lon qilgan videosi tufayli ochilgan edi.
Iyun oyida Bryuxanova federal qidiruvga berildi, bir oy o‘tib esa Moskva sudi uni terakt haqida yolg‘on xabar berganlikda ayblab, sirtdan hibsga oldi.
Rossiyaning Ukrainadagi keng miqyosli harbiy harakatlari boshlanganidan so‘ng, Anastasiya Bryuxanova Rossiyani tark etgan.
Mavzuga oid
22:10
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46