Rossiya raketasi uch daqiqa davomida Polsha havo hududiga kirgani aytildi
Polsha harbiylari kechagi tun «havo mudofaa tizimining barcha elementlari uchun tarang» bo‘lganini aytdi.
29 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 7:00 da Rossiya raketasi Polsha havo hududiga kirdi. Bu haqda Polsha Qurolli kuchlari qo‘mondoni Matsey Klish xabar berdi.
Qayd qilinishicha, raketa Polsha hududiga 40 km ichkariga kirib borgan va 3 daqiqa o‘tgach, ortga, Ukraina hududiga qaytgan. Qo‘mondon so‘zlariga ko‘ra, raketaning Polsha hududi uzra parvozi radar tizimlari tomonidan kuzatilgan.
«U amalga oshirgan manyovrlar va uning Polsha havo hududini tark etishi tufayli men, operativ qo‘mondon sifatida ushbu obekt bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmadim», dedi general.
Polsha ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu katta ehtimol bilan Rossiyaning X-22 yoki X-101 qanotli raketasi edi. U Ukraina havo hududiga qaytgan va mamlakat havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.
Mojaro Rossiyaning Ukraina hududi bo‘ylab ommaviy raketa zarbalari fonida yuz bergan.
Mavzuga oid
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
14:00 / 16.11.2024