O‘zbekiston | 08:54 / 05.01.2024
5095
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qurilish ishlari qaysi oyda eng ko‘p bajarilishi ma’lum bo‘ldi

Qaysi oyda eng ko‘p qurilish ishlari bajarilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 132,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oylar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha iyun yetakchilik qilmoqda – 16 trln so‘m.

Undan keyingi o‘rinlardan bajarilgan qurilish ishlari hajmi mos ravishda 14,6 trln so‘m va 14,5 trln so‘mga teng bo‘lgan mart va sentabr oylari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • aprelda – 14,1 trln so‘m;
  • avgustda – 12,8 trln so‘m; 
  • noyabrda – 12,8 trln so‘m;
  • iyulda – 12,4 trln so‘m;
  • oktyabrda – 11,8 trln so‘m; 
  • mayda – 10,5 trln so‘m;
  • fevralda – 7,9 trln so‘m;
  • yanvarda – 5 trln so‘m.

Mavzuga oid