Jamiyat | 16:19 / 05.01.2024
23076
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda yo‘lning qatnov qismiga stol qo‘yib ovqatlangan bloger jarimaga tortildi

Qoidabuzarga MJtKning ikkita moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun chora ko‘rilgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger yo‘lning qatnov qismida stol-stul qo‘yib ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, qoidabuzaliklar sodir etgan blogerga qonuniy chora ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bloger yo‘lning qatnov qismiga stol-stul qo‘yib ovqatlangan.

U yo‘ldan o‘tib ketayotgan haydovchilarga birga choy ichishni ham taklif etgan va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Qayd etilishicha, blogerga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 138-moddasida (piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid