Estoniya prezidenti davlat mudofaa kengashi yig‘ilishini chaqirdi
Davlat mudofaa kengashida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Estoniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi qadamlari va mamlakat chegaralari xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.
Estoniya prezidenti Alar Karis 8 yanvar kuni davlat mudofaa kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Estoniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qadamlari va Estoniya chegaralari xavfsizligi muhokama qilinadi. Bu haqda 5 yanvar, juma kuni postimees.ee onlayn-nashri xabar berdi.
Davlat mudofaa kengashi mamlakat prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi. Uning tarkibiga Estoniya parlamenti - Riygikogu spikeri, mamlakat bosh vaziri, parlamentning mudofaa va tashqi ishlar bo‘yicha komissiyalari raislari, tashqi ishlar, mudofaa, moliya, ichki ishlar, adliya, iqtisodiyot va infratuzilma vazirlari hamda Mudofaa kuchlari qo‘mondoni kiradi.
Kengash davlat mudofaasi uchun muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi va o‘z fikrlarini bildiradi.
Mavzuga oid
17:31 / 15.11.2024
Estoniyada aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘paygani e’lon qilindi
17:28 / 13.11.2024
Estoniya Rossiya bilan chegarada «dronlardan himoya devori»ni quradi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
21:41 / 08.11.2024