AQSh razvedkasi Xitoy raketalari suv bilan to‘ldirilgan deb hisoblamoqda – OAV
Mamlakat armiyasidagi korrupsiya uning umumiy imkoniyatlariga, ayniqsa raketa kuchlariga bo‘lgan ishonchni susaytirgani ta’kidlanmoqda.
Xitoy raisi Si Jinping tomonidan mamlakat armiyasi safida «tozalash» ishlarining olib borilishi korrupsiya bilan bog‘liq. Aynan korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish sa’y-harakatlariga va urush olib borish salohiyatiga putur yetkazgan, deb yozdi Bloomberg Amerika razvedkasiga tayanib.
Qayd qilinishicha, Xitoyning raketa kuchlari va uning mudofaa sanoati bazasidagi korrupsiya shu qadar keng tarqalgan-ki, AQSh rasmiylari Si Jinping yaqin yillarda yirik harbiy harakatlarni boshlashga botina olmasligiga ishonmoqda.
AQSh razvedkasi Xitoydagi korrupsiya oqibatlariga bir qancha misollar keltirdi, jumladan, yoqilg‘i o‘rniga suv bilan to‘ldirilgan raketalar va raketalarni samarali uchirishga imkon bermaydigan shaxtalar.
Ta’kidlanishicha, Xitoy xalq ozodlik armiyasidagi korrupsiya uning umumiy imkoniyatlariga, ayniqsa raketa kuchlariga bo‘lgan ishonchni susaytirgan va Si Jinpingning armiyani modernizatsiya qilish bo‘yicha ba’zi ustuvor yo‘nalishlardan voz kechishga majburlagan. So‘nggi 6 oy ichida Xitoy mudofaa vazirligining o‘ndan ortiq yuqori martabali amaldorlari pora bilan qo‘lga tushgan. Nashrning qayd qilishicha, bu Xitoyning zamonaviy tarixida qurolli kuchlariga qarshi boshlangan eng yirik repressiya bo‘lishi mumkin.
AQSh razvedkasi fikriga ko‘ra, harbiy «tozalashlar» Xitoy rahbarining Kommunistik partiya ustidan nazorati hamon kuchli ekanini va u intizomni yaxshilash, korrupsiyani yo‘q qilish va oxir-oqibat Xitoy armiyasini uzoq muddatli urushga tayyorlashga jiddiy yondashayotganini anglatadi.
Mavzuga oid
17:54
T-Mobile uyali aloqa operatori xitoylik hakerlar hujumiga uchradi – OAV
16:48
Xitoyda ayol bir sutkada olti marta plastik operatsiya qilinganidan so‘ng vafot etdi
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12