Jahon | 10:20 / 08.01.2024
5857
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kongressida 2024 yilgi budjet bo‘yicha kelishuvga erishildi

Kelishuv budjet uchun yuqori chegarani 1,6 trillion dollar miqdorida belgilashni nazarda tutadi. Shundan 886 milliard dollarga yaqini mudofaa xarajatlariga yo‘naltiriladi.

Foto: Sputnik / Igor Mixalev

7 yanvar, yakshanba kuni AQSh Kongressidagi Demokratik va Respublikachilar partiyalari vakillari 2024 yilgi hukumat budjeti bo‘yicha kelishuvga erishdi. «Kelishuv bizni hukumatning keraksiz shatdauni oldini olishga va muhim milliy ustuvorliklarni himoya qilishga yaqinlashtiradi», dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.

Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson va Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumerning xabar berishicha, kelishuv 1,6 trillion dollar (taxminan 1,45 trillion yevro)lik budjet chegarasini nazarda tutadi. Shundan qariyb 886 milliard dollari mudofaa xarajatlariga, yana 772 milliard dollari boshqa xarajatlarga yo‘naltiriladi. 

Shu tariqa, AQSh hukumati faxriylarni qo‘llab-quvvatlash yoki sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar kabi «muhim ichki ustuvorliklarni qisqartirishlardan» himoya qila oladi, dedi Shumer. O‘z navbatida, Bayden ham kelishuv «mehnatkash oilalar tayanadigan» dasturlarni chuqur qisqartirishdan saqlab qolishini ta’kidladi. Shu bilan birga, murosa qat’iy tejamkorlik choralarini ilgari surayotgan Vakillar palatasi respublikachilarining o‘ng qanotini norozi qilishi mumkin. 

Ukrainaga yillik yordam 300 mln dollarni tashkil qiladi 

Amerika qonun chiqaruvchi palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan kelishilgan mudofaa budjeti loyihasida Ukrainaga harbiy yordam uchun 300 million dollar ajratilishi nazarda tutilgan. Qonun chiqaruvchilar, agar kerak bo‘lsa, 2025-moliya yilida ham xuddi shunday ehtiyojlar uchun 300 million ajratish niyatida. Umuman olganda, Kiyevga yordam 2026 yil oxirigacha uzaytirildi. 

Mavzuga oid