Sirdaryo–Baxt aylanma yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda
M-39 avtomobil yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismini aylantirib ulovchi va M-34 avtomobil yo‘lidagi Baxt va Sirdaryo shaharchalarini aylanib o‘tuvchi 38 kilometrlik yangi yo‘l quriladi. Bu yo‘l qurilishiga Saudiya Arabistoni kompaniyalari qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Saudiya Arabistonining Al Bawani va SAJCO kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent–Termiz yo‘nalishidagi M-39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan Sirdaryo–Baxt aylanma yo‘lini qurish masalasi muhokama qilindi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, xorijiy hamkorlar Sirdaryoga kelib, quriladigan obekt loyihasi va hudud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishgan. “Ushbu loyihani amalga oshirish uchun mahalliy infratuzilmani o‘rganish nihoyatda muhim”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘mita matbuot kotibi Nilufar Jumayevaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ushbu loyiha hali ishlab chiqilmagan, uni qaysi kompaniya amalga oshirishi ham noma’lum. Yo‘l qurilishiga yana 4-5 ta kompaniya qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
“Bular hozir borib yo‘lni endi ko‘rdi, loyihasini endi ishlab chiqadi, u hukumat darajasida ko‘rib chiqiladi. Yana 4–5 tacha xorijiy hamkorlar bor, ular ham shu yo‘lga qiziqish bildirib turibdi. Ularning har biri o‘z loyihasini taqdim qiladi, keyin u loyiha tasdiqlanishi kerak. Keyin bular tenderda ishtirok etishi kerak. Hali hech narsa aniq emas. Chunki bular bilan birinchi marta uchrashuv bo‘ldi” , – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonining ushbu kompaniyalari vakillari o‘tgan yili avgust oyida ham O‘zbekistonga kelib, o‘shanda Transport vazirligida bo‘lgan va yo‘l-qurilish sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirgan edi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024