Qamchiqda yuk avtomobili YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Qamchiq dovonida Chacman yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Kecha, 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘li 225-kilometrida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan Chacman rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan N.I. tezlikni oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:13 / 13.11.2024
Qamchiq dovonidagi yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
07:40 / 06.11.2024
Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
10:11 / 18.09.2024
Qamchiq dovonida transport harakati vaqtincha cheklanyapti
16:23 / 29.07.2024