Samarqandda fuqarolarni AQShga, Namanganda Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyatida fuqarolarni katta pul evaziga Meksika orqali AQShga, Namanganda esa Janubiy Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro M.A.ni 18 000 dollar evaziga Turkiya, Qatar va Meksika orqali AQShga o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, shundan 9 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.U. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘li D.N.ni Koreyaga ishga yuborish uchun tanishlari yordamida viza olib berishi evaziga 2 600 dollar olgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 300 dollar qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
11:54
WSJ: AQSh Putinning tahdidlaridan keyin yadro arsenalini kengaytirishga tayyor
11:22
Tramp qaytdi: bu dunyo siyosatida nimalarni o‘zgartiradi?
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024