Samarqand va Toshkent viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi
Chirchiq shahri va Samarqand tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda avvaldan valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.S. 3 000 AQSh dollarini fuqaro E.M.ga 37,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tekshiruv davomida uning yonidan yana 1 304 AQSh dollari, 100 yevro va 70 ming Qozog‘iston tengesi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.O. 3 200 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 39,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024