2024 yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik topshirig‘i berildi
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024 yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi ta’kidlandi. O‘tgan yili ko‘plab davlat korxonalari dividend va soliq to‘lovlari bo‘yicha budjetga 8 trillion so‘m tushumni ta’minlay olmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Yig‘ilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024 yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.
O‘tgan yili ko‘plab davlat korxonalari dividend va soliq to‘lovlari bo‘yicha budjetga 8 trillion so‘m tushumni ta’minlay olmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlar rahbarlari ajratilgan budjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz o‘sgan bo‘lsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.
Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS to‘lovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard so‘mdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qo‘ygan.
Bunday holatlar bo‘yicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va o‘rinbosarlarining ishi sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
22:40 / 19.10.2024