HAMAS siyosiy yetakchisi Yahyo Sinvar Yevropa terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
Uning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlari muzlatildi.
Yevropa Ittifoqi kengashi 16 yanvar kuni HAMAS siyosiy yetakchisi Yahyo Sinvarni Yevropa terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shganini ma’lum qildi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
«Ushbu qaror Yevropa Ittifoqining HAMAS tahdidiga hamda 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarshi shafqatsiz va beg‘araz terrorchilik hujumlariga qarshi javobining bir qismidir. Bu sanksiyalar bugundan kuchga kiradi», deyiladi YeI Kengashi bayonotida.
Xabarda Sinvarning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlari muzlatilganiga oydinlik kiritiladi. Yevropa Ittifoqi operatorlariga uni mablag‘ va iqtisodiy resurslar bilan ta’minlash ham taqiqlangan.
Kengash tomonidan tasdiqlangan tegishli huquqiy hujjatlar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi.
Bryusselning tushuntirishicha, Yevropa terrorchilar ro‘yxati, ya’ni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarini amalga oshiruvchi Yevropa rejimidan ajratilgan bo‘lib, Al-Qoida va IShID terrorchilik guruhlariga qarshi qaratilgan. Yevropa Ittifoqi ushbu guruh bilan aloqador yoki ularni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar va tashkilotlarga qarshi mustaqil ravishda o‘zining cheklovchi choralarini qo‘llashi mumkin.
Yahyo Ibrohim Hasan Sinvar G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisi va ushbu guruhning harbiy qanoti asoschilaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:37 / 14.09.2024
G‘arbiy sohildagi bosqin: borgan sari ko‘proq falastinlik haydab chiqarilmoqda
23:18 / 12.09.2024
Isroil Rafahda HAMAS brigadasi tor-mor etilganini e’lon qildi
18:50 / 08.09.2024
Isroilda tarixdagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
22:20 / 04.09.2024