Tayvanning yangi saylangan prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Tayvanning Xitoydan mustaqil bo‘lishi tarafdori Vashingtonga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. Oq uy Taybeyga tashrif buyurgan Amerika delegatsiyasi norasmiy maqomda bo‘lganini ta’kidladi.
Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng Xitoy o‘zining bo‘lginchi provinsiyasi deb hisoblagan hudud yangi saylangan prezidenti Lay Tsinde Amerikaning «norasmiy» delegatsiyani qabul qilib, AQShga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. «AQShning Tayvan demokratiyasini kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Amerikaliklar tashrifi Tayvan va AQSh o‘rtasidagi mustahkam va barqaror hamkorlikni tasdiqlaydi», dedi Lay 15 yanvar, dushanba kuni Taybeyda AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuvda.
Avvalroq Tayvanning lavozimini tark etayotgan prezidenti Tsay Inven ham delegatsiya a’zolari bilan uchrashgandi. Unda, jumladan, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiven Xedli, AQSh davlat kotibining sobiq o‘rinbosari Jyeyms Staynberg va Tayvandagi Amerika instituti prezidenti Lora Rozenberger qatnashdi. Inven amerikaliklar tashrifini «juda muhim» deb atadi va buni Vashington va Taybey o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning tasdig‘i sifatida baholadi.
Saylovdan oldin ham Oq uy «kuchli norasmiy hamkorlikning ko‘lamini ko‘rsatish» uchun ovoz berishdan keyin Tayvanga norasmiy delegatsiya yuborishini ma’lum qilgandi.
Tayvan mustaqilligi uchun kurs
14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Demokratik progressiv partiya vakili, avval vitse-prezident lavozimini egallab kelgan Lay Tsinde yaqqol g‘alaba qozondi. Saylov kampaniyasi davomida 64 yoshli Lay Tsay Invenning Tayvan mustaqilligi sari yo‘lini davom ettirishga va’da berdi.
Pekindagi hukumat Tayvan saylovlaridan so‘ng ovoz berish natijalari Xitoyning «qayta birlashishi»ga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi. Pekin Tayvanni o‘zining isyonkor provinsiyasi deb hisoblaydi.
Mutaxassislar fikricha, Tayvandagi joriy prezidentlik saylovlari natijalari Taybey va tobora keskinlashib borayotgan Pekin o‘rtasida kelajakdagi munosabatlar uchun juda muhim. Xitoy so‘nggi yillarda mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali Tayvanga harbiy bosimni kuchaytirdi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024