O‘zsanoatqurilishbank va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida ta’lim va tajriba almashish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.
2024 yil 12 yanvarda TSMRI va O‘zsanoatqurilishbank o‘rtasida imzolangan memorandumda o‘zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlandi, natijada O‘zsanoatqurilishbank xodimlarining bilim va malakasini oshirish, tahliliy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli xalqaro o‘quv kurslari va rivojlangan xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tashni doimiy ravishda tashkil etishga kelishildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
12 maydagi PF-5992-son farmoni bilan tasdiqlangan «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi»ning 41-bandida «Talab eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda (risk-menejment, korporativ boshqaruv, loyihaviy tahlil va boshqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oshirish uchun 10 ta professional dasturlar ishlab chiqish» vazifasi belgilangan.
«O‘zsanoatqurilishbank xodimlarini malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladik. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti ilg‘or xorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda shu formatdagi qisqa muddatli o‘quv kurslarini, malaka oshirish kurslarini tashkil etib kelyapti. Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, xalqaro moliya instituti ekspertlari bilan birgalikda O‘zsanoatqurilishbank xodimlari qisqa muddatli o‘quv kurslari asosida malakalarini oshirishadi. Bu kurslarning 1 haftasi Toshkentda oliygohimiz kampusida tashkil etiladigan bo‘lsa, qolgan muddat mobaynida xorijiy mamlakatlar, jumladan, Singapur, Koreya, Germaniya va Buyuk Britaniyada tashkil etiladi. Xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan trening kurslarining tashkil etilishi bu nafaqat kursimizning mazmunliligini, shu bilan birga amaliyligini ham ta’minlab beradi. Qolaversa, bu kabi malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi, bank sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqilishini ta’minlabgina qolmasdan, mazkur bankning xodimlariga, inson kapitaliga yo‘naltirayotgan eng asosiy investitsiyasi bo‘lib xizmat qiladi», deya ta’kidlab o‘tdi TSMRI rektori Ilhom Mamatqulov.
«O‘zsanoatqurilishbank» xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti direktori v.b. Abdulaziz Orifjonovning ta’kidlashicha, ushbu memorandum bank xodimlariga xorijlik tajribali mutaxassislardan yangicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.
«Ushbu o‘quv seminarlar modul tizimidan iborat bo‘lib, ba’zi modullar TSMRI hududida, ba’zilari xorijiy hamkor davlatlar hududida bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda risk menejmenti, komplayens, loyiha menejyerlari, buxgalterlar, audit kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar malakalari oshirilib O‘zbekistonga qaytariladi. Ular ushbu memorandum yordamida o‘quv-seminarlarda qatnashib, ACCA, CFA, FRM va PMI kabi xalqaro sertifikatlarni olib O‘zsanoatqurilishbanki rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishadi» dedi u.
Joriy yil dastur doirasida bosh bank, front va bek-ofis xodimlari hamda top-menejyerlardan iborat 3,5 mingdan ziyod kadrlar o‘qitilib, malakasi oshirilishi rejalashtirilgan.
Reklama
Mavzuga oid
13:44 / 23.09.2024
Qaynota, kursdosh va boshqa yaqinlar: 150 milliardlik zarar hisoblangan jinoyatda Aziz Voitov nimalarda ayblanyapti?
10:00 / 20.03.2024
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi
17:00 / 19.02.2024
Endi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ACCA va IELTS imtihonlari o‘tkaziladi
11:17 / 18.10.2023