Jahon | 11:49 / 19.01.2024
8928
3 daqiqa o‘qiladi

NATO Harbiy qo‘mitasi: Rossiya hujumiga tayyormiz

Yaqin oylarda NATO dushman hujumiga tayyorgarlikning yangi darajasini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan rekord darajadagi tashkil etiladigan mashg‘ulotlar o‘tkazadi. 

Foto: AP

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyor. Bu haqda 18 yanvar, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Rob Bauer va Yevropadagi ittifoqchi kuchlar oliy qo‘mondoni Kristofer Kavoli ma’lum qildi. «Biz mudofaa ittifoqimiz, shuning uchun tayyor bo‘lishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum sohalarda yaxshi malakaga ega bo‘lgan ko‘proq xodimlar bilan yaxshilanmoqdamiz, tayyorgarlik darajamizni oshirmoqdamiz», dedi Bauer.

NATO qo‘mondonligi vakillari alyans strategiyasi va rejalarida ikki tahdid – Rossiya va terrorchi guruhlar tasvirlanganini eslatdi. «Biz ishlab chiqqan va Vilnyusda ma’qullangan rejalarimiz Rossiyadan kelayotgan tahdidga qarshi turishga qaratilgan», - dedi NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari.

O‘z navbatida, Kavoli shunchaki: «Ha, biz tayyormiz» dedi. Shu bilan birga, u fevral oyida «deyarli teng dushman» bilan mojaroni o‘xshatuvchi, so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik to‘rt oylik mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qildi, unda 90 mingga yaqin odam qatnashadi. Manyovrlar Norvegiyadan Ruminiyagacha bo‘lgan Yevropa hududini qamrab oladi. Steadfast Defender manyovrlar ssenariysi - Rossiyaning go‘yoki ittifoqdosh hududga hujumi, u NATO jamoaviy mudofaa shartnomasining 5-moddasini ishga soladi.

Bauer so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarning bunday ko‘lami alyans yangi tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatadi. «Bu biz butun ittifoq bo‘ylab, okeandan narida, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Yevropagacha bo‘lgan ushbu miqyosdagi mashqlarni joylashtirishimiz va o‘tkazishimiz mumkin bo‘lgan rekord miqdordagi qo‘shindir», dedi u. Bundan tashqari, Harbiy qo‘mita rahbari urush faqat harbiylar ishi emasligini ta’kidladi: «Urush haqida gap ketganda, biz Ukrainada ko‘rib turganimizdek, bu - butun jamiyatga ta’sir qiladi».

17 va 18 yanvar kunlari Bryusselda NATOning yuqori martabali harbiy rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid