O‘zbekiston | 09:30 / 19.01.2024
4281
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda olma va mandarin narxi qimmatlashdi

Yanvar oyining birinchi haftasida 1 kilogramm Golden Delicious navli olma 14 ming so‘mdan, mandarin narxi esa 9 ming so‘mdan sotilgan.

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekistonda dam olish kunlaridan so‘ng, bu davrdagi talabning an’anaviy zaiflashuviga qaramay, olma narxi yana ko‘tarilgan.

Xususan, 2024 yil yanvar oyining birinchi haftasida olma ulgurji narxlari o‘rtacha 20 foizga oshdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga yuqori bo‘ldi.

Golden Delicious olmasi narxi keskin, atigi bir hafta ichida 40 foizga ko‘tarildi. Shu tariqa, ushbu olma navining narxi O‘zbekiston bozorida tobora ommalashib borayotgan olmaning «Gala» naviga tenglashdi.

Eng mashhur va arzon yangi yil mevasi - mandarin ham qimmatlashdi. Bir hafta davomida mandarin ulgurji narxi 13 foizga oshdi, biroq bu meva hali ham nisbatan arzon — bir kilogramm ulgurji sotuvda o‘rtacha 9 ming so‘mdan sotildi, bu bir kilogramm uchun 0,73 dollarga teng.

Taqqoslash uchun, eng arzon olma navlari - 1 kilogrammi 10 ming so‘m yoki 0,81 dollar, Golden Delicious navi esa 14 ming so‘m yoki bir kilogrammi 1,14 dollardan sotildi.

Mavzuga oid