Jahon | 17:31 / 23.01.2024
16347
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektorida 20 nafardan ortiq isroillik askar halok bo‘ldi

Seshanba kuni G‘azo sektorining markaziy qismida portlashlar oqibatida 20 nafardan ortiq isroillik harbiy halok bo‘ldi. Bu Isroil armiyasining HAMASga qarshi urush boshlanganidan buyon eng yirik bir martalik yo‘qotishidir.

Foto: AFP

Qurbonlar soni hozircha aniq emas. TsAHAL rasmiysi admiral Daniel Hagari 21 harbiy o‘limini tasdiqlagan, Isroildagi qator manbalar esa qurbonlar soni 24 nafarligini yozgan.

Bu aynan qanday ro‘y berganiga ham hozircha aniqlik kiritilmagan.

«Biz hozircha hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqdamiz va portlash sabablarini tekshirmoqdamiz», — degan Hagari.

Isroil mudofaa armiyasining dastlabki versiyasiga ko‘ra, harbiylar portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan ikki binoda bo‘lishgan. Ammo qurilma askarlar oldinroq harakatga kelgan va askarlar chiqishiga ulgurmagan.

Bu binolar hamaschilar tomonidan granatomyot orqali o‘qqa tutilgani haqida taxminlar ham bor.

Shuningdek, isroilliklarning xuddi shu hududda turgan tankiga zarba berilgani va qurbonlarning bir qismi – tank ekipaji bo‘lgani haqida versiya ham bor.

Isroil prezidenti Ishoq Hersog mamlakat «juda og‘ir tong»ni boshdan kechirganini aytgan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bu o‘limlar Isroilni jangovar maqsadlarga tezroq erishishga undashini ta’kidlagan.

Mavzuga oid