Jahon | 22:19 / 23.01.2024
25533
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiyaga chiqish uchun eng yaxshi davlatlar aniqlandi

Norvegiya, Shveytsariya va Islandiya pensiyaga chiqish uchun eng yaxshi davlatlar deb topildi.

Foto: AFP

Pensiyaga chiqib yashash narxi mamlakatdan mamlakatga qarab farq qiladi, ammo moliya - yagona muhim omil emas. Sog‘liqni saqlash, hayot sifati, jumladan, toza havo va ichimlik suvi, pensiyalar ham qulaylik uchun muhimdir.

Sog‘liqni saqlash kategoriyasiga sog‘liqni saqlash xarajatlari, umr ko‘rish davomiyligi va aholi jon boshiga sug‘urtalanmagan sog‘liqni saqlash xarajatlari kiradi.

Hayot sifati kategoriyasiga baxt darajasi, suv va sanitariya, havo sifati, atrof-muhit va biologik xilma-xillik kiradi.

Boylik kategoriyasiga aholi jon boshiga daromad, daromad tengligi va bandlik darajasi kiradi.

Pensiya moliyasi kategoriyasiga davlat qarzi, foiz stavkalari, inflatsiya, boshqaruv, soliqlar va bankning muammoli kreditlari kiradi.

Natixis kompaniyasi ushbu mezonlardan foydalangan holda 44 ta davlatni tahlil qildi va ulardan eng yaxshilarini aniqladi. 

Tadqiqotning asosiy xulosalariga ko‘ra, Norvegiya nafaqaga chiqish uchun eng yaxshi mamlakat hisoblanadi. Unda o‘rtacha umr ko‘rish 83,3 yoshga yetgan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Shuningdek, bu davlatda ishsizlik darajasi ham juda past — 3,8 foiz. 

Pensiyaga chiqish uchun eng yaxshi davlatlar:

1. Norvegiya (83 ball)
2. Shveytsariya (82)
3. Islandiya (81)
4. Irlandiya (80)
5-6. Lyuksemburg / Niderlandiya (har biri 79)
7. Avstraliya (78)
8. Yangi Zelandiya (77)
9-10. Germaniya / Daniya (har biri 76)
11. Avstriya (75)
12-14. Kanada / Finlyandiya / Shvetsiya (har biri 74)
15-16. Sloveniya / Buyuk Britaniya (har biri 73)
17-19. Isroil/Chexiya/Belgiya (har biri 72)
20. AQSh (71)
21. Janubiy Koreya (70)
22-23, Malta / Fransiya (har biri 69)
24. Yaponiya (68)
25. Estoniya (67)

Mavzuga oid